08 dek 16:42
Yangiliklar
Taekvondo

Jasurbek Jaysunov saralash chempioni sifatida "Katta dubulg'a" asosiy turniriga yo'llanma oldi
Xitoyning Usi shahrida joylashgan "World Taekwondo Center Stadium" majmuasida taekvondo WT bo'yicha kattalar o'rtasida "Katta dubulg'a" saralash musobaqasining so'nggi, ikkinchi kungi bahslari ham o'z yakuniga etdi.
Bugun turnir doirasida O'zbekiston milliy terma jamoasining to'rt nafar vakili — Omonjon Otajonov (58 kg), Jasurbek Jaysunov (80 kg), Mavlonbek To'xtasinboev (80 kg) va Gulsanam Alijonova (+67 kg) ishtirok etdi.
Quvonarlisi, og'ir vazn toifasidagi sportchi, Parij-2024 XXXIII yozgi Olimpiya o'yinlari ishtirokchisi Jasurbek Jaysunov barcha raqiblarini enggan holda musobaqa finaliga qadar etib keldi. Hal qiluvchi jangda Jasurbekka Xitoy vakili Jao Junbo raqiblik qildi. Jangda Jasurbek ortiqcha qiyinchiliksiz 2:0 (8:2, 12:3) hisobida zafar quchib, musobaqa g'olibiga aylandi.
SHunday qilib, Jasurbek Jaysunov saralash chempioni sifatida "Katta dubulg'a" asosiy turniriga yo'llanma qo'lga kiritdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar