So’nggi yangiliklar

10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0 16:55Жанибек Алимханули WBO камари учун жанг қилади 0 16:06"Сабаҳ" — жорий мавсум ушбу натижага эришган EЧЛдаги биринчи жамоа! 0 15:17Хргович Уордлига фаолиятини якунлашни маслаҳат берди 0 14:18Шакур Стивенсон Zuffa Boxing’дан кетганини эълон қилди 0 13:19Шожҳаҳон Эргашевни Озарбайжон ва Қирғизистондан жангга чорлашди 0 12:28Ламин Ямаль жорий мавсум Топ-5 лигаларда биринчи бўлиб ушбу натижага эришди 0 11:37Йэн Гэрри шу йилнинг охиригача яна жанг қилади — манба 0 09:46Жавоҳир Умматалиевнинг жанг санаси ва манзили ўзгарди 0

16 dek 08:55
Yangiliklar

Xokkey

Javohir Rasulov shayba kiritgan o'yinda "Humo" g'alaba qozonib, turnir jadvalida ikkinchi o'ringa ko'tarilib oldi

Teglar :  HumoIrtish
Xokkey bo'yicha Qozog'iston chempionati doirasida navbatdagi tur uchraashuvlari davom ettirildi.

Toshkentning "Humo" xokkey klubi Pavlodarning "Irtish" jamoasi mehmoni bo'lib, ikkinchi uchrashuvda ham g'alabaga erishdi. Bu safar "qanotlilar" musobaqa autsayderini yirik 4:0 hisobida dog'da qoldirishdi. 

Etiborlisi, o'zbekistonlik istedodli xokkeychi Javohir Rasulov uchinchi shaybaga mualliflik qildi. Bu uning chempionatdagi ilk goli bo'ldi. Qolgan uchta gol Vyacheslav Litovchenko, Dmitriy Savickiy va Artyom Gryaznov hisobiga yozildi. 

"Humo" 26 uchrashuvdan keyin 35 ochko bilan turnir jadvalida 2-o'ringa ko'tarilib oldi. Peshqadam "Torpedo" hisobida 38 ochko bor. "Humo" bundan avvalgi ikki safar uchrashuvida aynan karvonboshiga overtaymda o'tkazib yuborilgan gol sabab yutqazib qo'ygandi. Autsayder "Irtish" esa 24-uchrashuvdagi 21-mag'lubiyatini qabul qilib oldi. 

Malumot uchun, "Humo" endi navbatdagi tur uchrashuvlarini Toshkentda o'tkazadi. Jamoamiz 23-24 dekabr kunlari "Humo Arena"da janub derbisida "Almati" klubini qabul qiladi.

Qozog'iston Muntazam chempionati

"Irtish" - "HUMO" 0:4 (0:1, 0:2, 0:1) 

11 dekabr, Ust-Kamenogorsk, "B.Aleksandrov" nomidagi muz saroyi

Bosh hakamlar: Zotov Vladislav Vyacheslavovich, Zasuxa Denis Anatolevich

CHiziq hakamlari: Mashenkin Vladislav Mixaylovich, Nurbay Ramazan Reyzauli.

Gollar: 0:1 - Vyacheslav Litovchenko 1, 0:2 - Dmitriy Savrickiy 38, 0:3 - Javohir Rasulov 38, 0:4 - Artyom Gryaznov 57.

"Irtish": (50) Vyacheslav Nechvienko, (33) Daniyar Bilimbaev, (57) Ivan Bykov, (7) Mixail Danilov, (10) Kirill Pak, (44) Nikita Proxorov, (18) Ruslan Savvin, (81) Nikita Smelov, (47) Ivan Timofeev, (9) Ivan SHklennik (A), (11) Niyaz Abdrashitov, (70) Arlan Akpirganov, (77) Nikita Belousov, (14) Ivan Gebel, (29) Mixail Gulyy, (55) Adam Evloev, (80) Vladislav Jabunin, (12) Filipp Knaub (A), (13) Gordey Maslov, (90) Maksim Tomilov, (15) Arslan Yamalov (K).

"HUMO": (74) Konstantin Kozlovskiy, (72) Egor SHpak, (3) Edgars Siksna (K), (24) Egor Arbuzov, (23) Stanislav Borovikov, (55) Egor Zebzeev, (27) Artem Malcev, (86) Dmitriy Savrickiy, (77) Anton Astashevich, (73) Egor Buyalskiy, (13) Artem Gryaznov, (33) Aleksandr Derbenyov, (87) Vasiliy Jilov, (18) Danila Karaban, (7) Vadim Kravchenko, (8) Artur Kuznecov, (51) Vyacheslav Litovchenko (A), (10) Denis Ludcev, (15) Andrey Pavlenko, (66) Javoxir Rasulov, (26) Aleksandr SHevchenko.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing