13 dek 12:15
Yangiliklar
Javohir Sindarov 1 000 000 AQSH dollar mukofot puliga ega turnirda qatnashadi
Uchinchi mavsum Global Chess League musobaqasida dunyoning eng kuchli grossmeysterlari yana bitta superliga atrofida jam bo'ladi. Turnirning umumiy mukofot jamg'armasi roppa-rosa 1 million AQSH dollarini tashkil qiladi. Jami 6 jamoa va har bir jamoada 6 nafar shaxmatchi (kamida 2 ayol; kamida 1 yosh (U-21) o'yinchi bo'lishi shart) bo'ladi.
Jamoalar bir-biri bilan aylanma tizimda ikki martadan o'ynaydi. Umumiy turlarlardan so'ng eng ko'p ochko to'plagan ikki jamoa finalda chempionlik uchun kurashadi.
Sindarov shaxmat afsonasi Vishvanatan Anand, shuningdek, Vinsent Keymer, Stavrula Colakidu, Polina SHuvalova va Raunak Sadhvani bilan birgalikda Ganges Grandmasters jamoasi sharafini himoya qiladi.
Eslatib o'tamiz, hamyurtimiz Javohir Sindarov kuni kecha Janubiy Afrika Respublikasida yakuniga etgan Freestyle Chess Finals turnirida qatnashib, 4-o'rinni egallagandi.

Fikrlar