05 may 13:48
Yangiliklar
Boks/MMA
Javohir Sindarov: "Abdusattorov bilan raqobat bormi?"
Nomzodlar turniri g'olibi Javohir Sindarov jamoadoshi Nodirbek Abdusattorov haqida fikr bildirdi.
"Nodirbek juda yaxshi inson. Har bir turnirda unga muxlislik qilaman. U Nomzodlar turniri davomida va undan oldin ham menga ko'p yordam berdi. Men u bilan bir jamoada o'ynashimdan faxrlanaman. Bizda raqobatdan ko'ra hamjihatlik kuchliroq. Umuman olganda, O'zbekiston terma jamoasi azolarining barchasi dunyodagi eng yaxshilari. Mamlakatimiz sharafini himoya qilishdan hamisha g'ururlanaman", dedi Sindarov.
Havola :
Manba : uzchess
Fikrlar