25 avg 18:38
Yangiliklar
Javohir Sindarov Abu-Dabi turniri sovrindori bo'ldi
Ushbu musobaqada 31 mamlakatdan kelgan 148 nafar shaxmatchi g'oliblik uchun kurash olib bordi. Turnirda ishtirok etgan istedodli grossmeysterimiz Javohir Sindorov 9 tur natijalariga ko'ra 7 ochko jamg'ardi va 2-o'rinni egalladi. 1-o'rin hindistonlik Arjun Erigaisiga nasib etgan bo'lsa, kuchli uchlikni niderlandiyalik Jorden Van Forest yakunlab berdi.
SHuningdek, ushbu turnirda yana bir nechta shaxmatchilarimiz ham o'z imkoniyatlarini sinovdan o'tkazishdi. Unga ko'ra, Nodirbek Yoqubboev 6,5 ochko bilan 5-o'ringa joylashdi, 6 ochko jamg'argan SHamsiddin Vohidov esa 20-o'rinni egalladi. 5,5 ochkoga ega bo'lgan Nilufar Yoqubboeva 40-pog'onani band etgan bo'lsa, Muhiddin Madaminov 5 ochko to'plab 47-o'riga joylashdi. Yana bir shaxmatchimiz Bobir Sattorov 5 ochko to'plab 59, Almas Rahmatullaev 4,5 ochko bilan 83-o'rinni egalladi.
Fikrlar