So’nggi yangiliklar

12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0 16:55Жанибек Алимханули WBO камари учун жанг қилади 0 16:06"Сабаҳ" — жорий мавсум ушбу натижага эришган EЧЛдаги биринчи жамоа! 0 15:17Хргович Уордлига фаолиятини якунлашни маслаҳат берди 0 14:18Шакур Стивенсон Zuffa Boxing’дан кетганини эълон қилди 0 13:19Шожҳаҳон Эргашевни Озарбайжон ва Қирғизистондан жангга чорлашди 0 12:28Ламин Ямаль жорий мавсум Топ-5 лигаларда биринчи бўлиб ушбу натижага эришди 0

15 apr 08:26
Yangiliklar

SHaxmat

Javohir Sindarov: “Butun O'zbekiston turnirni kuzatayotganini his qildim"

Teglar :  Javohir Sindarov
Nomzodlar turnirida muddatidan oldin g'alabani taminlagan Javohir Sindarov intervyuda o'z his-tuyg'ulari va rejalari bilan o'rtoqlashdi.

— Juda xursandman. Turnir hali tugamadi, lekin oldindan yutib qo'yganimdan xursandman. Agar bugun yutqazganimda, kun juda og'ir o'tardi. Yaxshi o'ynadim. Kecha oilaviy chatda billboard rasmini yuborishganda hayron qoldim. Butun O'zbekiston turnirni kuzatayotganini his qildim. Har turda qo'llab-quvvatlashni sezdim. Buning uchun hammaga rahmat.

Javohir jamoasi haqida shunday dedi:

— Menda uchta sekundant bor. Bittasi shu erda edi, qolganlari onlayn yordam berdi. Roman Vidonyak bilan ko'proq ko'nikmalar va psixologiya ustida ishlaymiz. Jamoamiz juda zo'r. Hozircha hammani ochiqlamayman, chunki oldinda match ham bor.


Turnir davomida bosim bo'lganini ham yashirmadi:

— Yaxshi poziciyada bo'lsam, ko'p yuraman. Bu odat bo'lib qolgan. Lekin ayrim partiyalar juda og'ir bo'ldi, ayniqsa Fabiano Karuanaga qarshi va birinchi tur. Birinchi turda omad ham rol o'ynadi  va bu butun turnirni o'zgartirdi.Bunday turnirni yutish uchun biroz omad ham kerak.


Sevimli partiyalari haqida bunday javob berdi:

— Praggga qarshi ikkala partiya ham yoqdi. Lekin Fabiano Karuanaga qarshi partiya alohida yoqdi. Men odatda shunaqa o'yinlarni afzal ko'raman.


Tayyorgarlik haqida ham to'xtalib o'tdi:

— Bu turnir oldidan debyutlar ustida ko'proq ishladim. Jamoamiz bilan ko'p tayyorlandik. Bundan tashqari murabbiyim bilan umumiy o'yin darajam ustida ham ishladik.


Va eng muhim maqsad:

— Bugun eng avvalo oilamga qo'ng'iroq qilaman. Bu lahzani ular bilan bo'lishishni xohlayman. Keyingi vazifam esa jahon chempionligi uchun matchda maksimal darajada yaxshi o'ynash.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing