01 okt 17:52
Yangiliklar
SHaxmat

Javohir Sindarov Freestyle Chess Grand Slam Tour Grand-finalida ishtirok etadi
SHaxmat bo'yicha Freestyle Chess Grand Slam Tour musobaqasining so'nggi 5-bosqichi Janubiy Afrika Respublikasida o'tkaziladi.
8-11 dekabr kunlari Keyptaun shahri mezbonlik qiladigan Freestyle Chess Grand Slam Tour grand-finali ishtirokchilari qatoridan Javohir Sindarov ham o'rin oldi. Hamyurtimiz oilaviy sabablarga ko'ra musobaqada ishtirok eta olmaydigan Xikaru Nakamuraning o'rniga bahslarga qo'shiladi.
Musobaqa ishtirokchilari ro'yxati bilan tanishing:
Magnus Karlsen (Norvegiya)
Fabianu Karuana (AQSH)
Vinsent Keymer (Germaniya)
Levon Aronyan (AQSH)
Arjun Erigaisi (Hindiston)
Xans Nieman (AQSH)
Parham Magsdoglu (Eron)
Javohir Sindarov (O'zbekiston).
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar