So’nggi yangiliklar

07:32Кубарси Европада йилнинг энг яхши ёш футболчисига бериладиган Golden Boy совринини қўлга киритди 0 07:01Бугун Абдусатторов Total Chess турниридаги иштирокини бошлайди 0 22:35Асадбек Самандаров Дакар Олимпиадасининг кумуш медали соҳиби 0 22:31Дакар-2026: Паризода Талабова кумуш медалга сазовор бўлди 0 20:30Ўзбекистонлик трамполинчилар Нанкиндаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 19:59Формула-1. Ландо Норрис — Бразилия Гран-приси ғолиби! 0 19:28Футзал. Ўзбекистон Тожикистонга жавобсиз учта гол урди 0 18:57Екатерина Гейниш Ўзбекистон терма жамоасини тарк этиб, яна Россия сафига қайтди 0 18:26Арман Царукян Пётр Яннинг ярим енгил вазнга ўтиш шартини айтди 0 17:55Трамп UFC раҳбарига Оқ уй матбуот котиби лавозимини таклиф қилганини ҳазил деб атади 0 17:24АПЛда илк истеъфо яқин. Жамоага янги мураббийликка номзодлар ҳам маълум — The Athletic 0 16:53Шавкат Раҳмонов жароҳати қайталангани ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди 0 16:21Хоккей бўйича Осиё чемпиони аниқланди 0 15:50Шоҳасан Мирзаматов Octagon 94 турнирида жанг қилади 0 15:19Флик "Барселона"нинг Ла Лигада "Атлетико" устидан қозонган ғалабасидан сўнг нималар деди? 0

08 jan 10:41
Yangiliklar

SHaxmat

Javohir Sindarov Freestyle Chess Grand Slam turniri 1/2 finalida!

Grossmeyterimiz Javohir Sindarov nufuzli Freestyle Chess Grand Slam turnirining saralash bahslarida muvaffaqiyatli ishtirok etyapti.

Hamyurtimiz 20 nafar shaxmatchi qatnashgan saralash bahslarida 7,5 ochko bilan pley-off bosqichiga yo'l oldi. Sindarov 6 g'alaba va 3 durang bilan qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 3-o'rinni egalladi. Etti g'alaba, 1 ta durang va 1 ta mag'lubiyat qayd etgan rossiyalik Denis Lazavik 7,5 ochko bilan 2-pog'onadan joy oldi. Sloveniya sharafini himoya qilayotgan Vladimir Fedoseev esa 8 ochko bilan 1-o'rinni band etdi. 

Javohir Sindarov pley-off bosqichini ham muvaffaqiyatli o'tkazyapti. U 1/8 finalda xitoylik Vey Yini 1,5:0,5 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. CHorak finalda esa hindistonlik grossmeyster Rameshbabu Praggnanandhaga hech qanday imkoniyat qoldirmadi - 2:0! 

Bugun Javohir 1/2 finalda yana bir xitoylik shaxmatchi - YU Yang Yiga qarshi bahs olib boradi. Final uchrashuv ham bugunga belgilangan. G'olib shaxmatchi fevral oyida bo'lib o'tadigan asosiy turnirga yo'llanma oladi. Unda Nodirbek Abdusattorov ham ishtirok etadi. Nodirbek to'g'ridan-to'g'ri yil davomida dunyoning bir nechta shahrida o'tkaziladigan Freestyle Chess Grand Slam 2025 turniri ishtirokchisiga aylangan. 

Afsuski, yana bir grossmeysterimiz SHamsiddin Vohidov saralash turnirida 9 imkoniyatdan 6 ochko (5 g'alaba, 2 durang, 2 mag'lubiyat) to'plab, qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 19-o'rin bilan kifoyalandi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing