So’nggi yangiliklar

15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0 16:55Жанибек Алимханули WBO камари учун жанг қилади 0

09 jan 11:20
Yangiliklar

SHaxmat

Javohir Sindarov Freestyle Chess Grand Slam turniri finalida o'ynadi

Grossmeyterimiz Javohir Sindarov nufuzli Freestyle Chess Grand Slam turnirining saralash bahslarida ishtirok etdi.

Hamyurtimiz 20 nafar shaxmatchi qatnashgan saralash bahslarida 7,5 ochko bilan pley-off bosqichiga yo'l olgandi. U 6 g'alaba va 3 durang bilan qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 3-o'rinni egallagandi. Javohir Sindarov pley-off bosqichini ham muvaffaqiyatli boshlagandi. U 1/8 finalda xitoylik Vey Yini 1,5:0,5, 1/4 finalda hindistonlik grossmeyster Rameshbabu Praggnanandhani 2:0 hisobida taslim etgandi.  

Kecha tunda yarim final va hal qiluvchi final uchrashuvlari o'tkazildi. Javohir xitoylik shaxmatchi - YU Yang Yiga qarshi kechgan 1/2 final bahsida 1,5:0,5 hisobida zafar quchdi. Finalda esa sloveniyalik Vladimir Fedoseev bilan to'qnash keldi. Fedoseev ilk saralash bosqichida 8 ochko bilan 1-o'rinni egallab, pley-offga yo'l olgandi. Yarim finalda yaqinda Magnus Karlsen bilan blic bo'yicha jahon chempionatida qo'sh g'oliblikni qo'lga kiritgan Yan Nepomnyashiyni yutdi. 

Sindarov finalning birinchi partiyasida Fedoseevdan ustun keldi. Ammo ikkinchi partiyada Vladimir muvozanatni tikladi. Keyingi ikki partiyada kuchli teng keldi. Afsuski, g'olib nomini aniqlab bergan armagedon partiyasida omad Fedoseevga kulib boqdi va aynan u g'olib sifatida fevral oyida bo'lib o'tadigan asosiy turnirga yo'llanma oldi. 

Malumot uchun, asosiy turnirda Nodirbek Abdusattorov ham ishtirok etadi. Hamyurtimiz to'g'ridan-to'g'ri yil davomida dunyoning bir nechta shahrida o'tkaziladigan Freestyle Chess Grand Slam 2025 turniri ishtirokchisiga aylangan. 

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing