08 jan 17:46
Yangiliklar
SHaxmat
Javohir Sindarov fristayl shaxmat bo'yicha Jahon chempionatida qatnashadi
Xalqaro shaxmat federaciyasi (FIDE) va Freestyle Chess Operations GmbH kompaniyasi ilk bor rasmiy fristayl shaxmat bo'yicha Jahon chempionatini o'tkazish bo'yicha kelishuvga erishdi.
Musobaqa 13–15 fevral kunlari Germaniyaning Vayzenxaus shahrida bo'lib o'tadi.
O'tgan yilgi Freestyle Chess Grand Slam Tour natijalariga ko'ra quyidagi olti nafar shaxmatchi musobaqaga yo'llanma oldi:
Magnus Karlsen (Norvegiya)
Levon Aronyan (AQSH)
Fabiano Karuana (AQSH)
Vinsent Keymer (Germaniya)
Arjun Erigaisi (Hindiston)
Javohir Sindarov (O'zbekiston).
Yana 2 ta o'rin alohida tartibda taqsimlanadi.

Havola :
Manba : t.me/uzchesss
Fikrlar