09 iyu 18:23
Yangiliklar
SHaxmat
Javohir Sindarov Gukeshga qarshi o'yin uchun tayyorgarlikni qachon boshlashini aytdi
Nomzodlar turniri g'olibi Javohir Sindarov amaldagi Jahon chempioni Gukesh Dommaradjuga qarshi bo'lajak o'yin haqida gapirdi.
«Gukesh juda kuchli shaxmatchi. Buni unga qarshi turli musobaqalarda, jumladan, Veyk-an-Zee turnirida o'ynaganimda his qilganman. Ha, u haqiqatan ham juda kuchli va juda yuqori darajadagi shaxmat namoyish etishga qodir. Men hali uning partiyalarini batafsil o'rganib chiqmadim. Hozir men uchun o'z musobaqalarimni muvaffaqiyatli yakunlash muhim, chunki ular ham juda katta ahamiyatga ega. Bundan tashqari, yaqin orada mamlakatimizda Olimpiya o'yinlari bo'lib o'tadi. SHundan keyin men tayyorgarligim ustida jiddiy ishlashni boshlayman»,
Havola :
Manba : Press Trust of India
Fikrlar