14 fev 20:26
Yangiliklar
SHaxmat

Javohir Sindarov ham Freestyle Chess Grand Slam turniridagi ishtirokini tugatdi
Vayssenxaus shahrida o'tkazilayotgan sovrin jamg'armasi 750 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi shaxmat bo'yicha nufuzli turnir o'z yakuni sari yaqinlashmoqda.
Afsuski, uchinchi o'rin uchun kechgan qarama-qarshilikda Javohir Sindarov norvegiyalik afsona Magnus Karlsenga ikkinchi uchrashuvda ham imkoniyatni boy berdi. Kecha o'tgan ilk bahsda ham tajribali Magnus zafar quchgandi. Bugun u qora donalarda ham Javohirni yutdi. Saralash bosqichidagi uchrashuvda esa Sindarov nomdor raqibini mag'lubiyatga uchrata olgandi.
SHu tariqa, musobaqaga tasodif va omad evaziga qo'shilib qolgan Javohir Sindarov Freestyle Chess Grand Slam turniridagi ishtirokini 4-o'rinda yakunladi. U 60 000 AQSH dollari miqdoridagi mukofot pulini ham qo'lga kiritdi. Magnus Karlsen esa 3-o'rin bilan birga 100 000 dollarga ham ega bo'ldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar