So’nggi yangiliklar

13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0 16:55Жанибек Алимханули WBO камари учун жанг қилади 0 16:06"Сабаҳ" — жорий мавсум ушбу натижага эришган EЧЛдаги биринчи жамоа! 0 15:17Хргович Уордлига фаолиятини якунлашни маслаҳат берди 0 14:18Шакур Стивенсон Zuffa Boxing’дан кетганини эълон қилди 0 13:19Шожҳаҳон Эргашевни Озарбайжон ва Қирғизистондан жангга чорлашди 0

19 noy 18:47
Yangiliklar

SHaxmat

Javohir Sindarov ham Jahon kubogi 1/2 finalida! Final chiptasi uchun o'zbek derbisiga guvoh bo'lamiz!

Har qanday holatda ham o'zbek grossmeysterlaridan aniq biri, balki ikkisi Jahon toji uchun kechadigan Davogarlar turniri yo'llanmasini qo'lga kiritadi.

Hindistonning Goa shahrida davom etayotgan shaxmat bo'yicha umumiy mukofot jamg'armasi 2 million AQSH dollarini tashkil qiluvchi Jahon kubogida 1/2 finalchilar aniqlandi. Dunyoning 206 nafar shaxmatchisi ishtirokida boshlangan nufuzli musobaqada bugun 1/4 finalning hal qiluvchi tay-brek o'yinlari o'tkazildi. 

Grossmeysterimiz Nodirbek Yakubboev 1/4 finalning asosiy partiyalarining o'zida germaniyalik Aleksandr Donchenkoni 1,5:0,5 hisobida mag'lubiyatga uchratib, Jahon kubogining 1/2 finaliga yo'l olgandi.  

Bugun bu vazifani 19 yoshli Javohir Sindarov ham uddaladi. Meskikalik Xose Martines Alkantaraga qarshi kechgan asosiy partiyalarda durang natija qayd etilgandi. Bugungi tay-brekning dastlabki ikki partiyasida ham tomonlar 1 tadan g'alabaga erishishdi. Navbat 10+10 formatdagi tay-brekka etdi. Uning birinchi partiyasida kuchlir teng keldi. Ikkinchi partiyada oq donalarda o'ynagan Sindarov Martinesni mag'lubiyatga uchratdi. 

Umumiy hisob 3,5:2,5 ga etdi, Javohir 1/2 finalda! Sindarov bu g'alabasi evaziga yarim finalga chiqish barobarida Nodirbek Abdusattorov uchun ham "o'ch" oldi. Turnir kashfiyotiga aylangan meksikalik shaxmatchi uchinchi bosqichda Nodirbek Abdusattorovni mag'lubiyatga uchratgandi. 

Etiborlisi, endi 1/2 finalda o'ziga xos o'zbek derbisiga guvoh bo'lamiz. Javohir Sindarov Nodirbek Yakubboevga qarshi ham final, ham Jahon toji uchun Davogarlar turniri chiptasi uchun dona suradi. G'olib shaxmatchi yo'llanmaga ega bo'ladi. Mag'lub grossmeyster esa 3-o'rin uchun bahsda bu imkoniyatdan yana foydalanib ko'radi. Yani, Davogarlar turniriga aniq bir shaxmatchimiz yo'llanmani qo'lga kiritadi. Ikkinchisida ham oxirigacha imkoniyat saqlanib qoladi. 

Yana bir qiziq tomoni shundaki, Hindistonda o'tkazilayotgan ushbu nufuzli turnirning 1/2 finaliga kelib, bironta ham hind shaxmatchisi qolmadi. Mezbonlarning so'nggi vakili Arjun Erigaisi 1/4 finalda xitoylik Vey I tomonidan mag'lub etildi.     


Jahon Kubogi. 1/4 final natijalari

Nodirbek Yakubboev — Aleksandr Donchenko - 1,5:0,5

Andrey Esipenko — Sem SHanklend - 4:2

Vey I — Arjun Erigaysi - 2,5:1,5

Javohir Sindarov — Xose Martines - 3,5:2,5

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing