09 avg 23:11
Yangiliklar
SHaxmat
Javohir Sindarov Jahon kubogi 4-bosqich o'yinini o'tkazdi, Magnus Karlsenda mag'lubiyat
Boku shahrida shaxmat bo'yicha jahon kubogi bahslari o'tkazilmoqda.
Musobaqada o'z ishtirokini davom ettirayotgan hamyurtimiz Javohir Sindarov bugun 4-bosqich doirasida hindistonlik Arjun Erigaisiga qarshi oq donalarda o'yin o'tkazdi va durang qayd etdi.
Endi ertaga 2-partiya o'yini o'tkaziladi. Mazkur partiyada g'alaba qozongan shaxmatchi 5-bosqichga yo'l oladi. Agar durang qayd etilsa g'olib 11 avgust kuni tay-brekda aniqlanadi.
Qo'shimcha malumot uchun, dunyo reytingi etakchisi Magnus Karlsen germaniyalik Vinsent Keymarga qarshi o'yinda imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar