23 noy 16:38
Yangiliklar
SHaxmat
Javohir Sindarov Jahon kubogi finaliga yo'l olish bilan birga Nomzodlar turniri ishtirokchisiga aylandi
Hamyurtimiz bugungi taybrek bahslarida yana bir shaxmatchimiz Nodirbek Yakubbaevdan ustun keldi.
Bu orqali Javohir Jahon kubogining hal qiluvchi bellashuviga yo'llanma oldi. SHuningdek, u Jahon chempionligi uchun o'ynash imkonini beruvchi nufuzli Nomzodlar turnirda o'ynash huquqini qo'lga kiritgan ilk o'zbek shaxmatchisiga aylandi!
Yakubbaev esa Esipenko - Vey Yi bahsi g'olibi bilan Nomzodlar turniri uchun oxirgi yo'llanma va Jahon kubogining 3-o'rni uchun bahslarga kirishadi.

Havola :
Manba : uzchess
Fikrlar