26 noy 17:00
Yangiliklar
SHaxmat
Javohir Sindarov Jahon kubogi g'olibligi orqali qancha pul ishlab oldi?
Hindistonning Goa shahrida shaxmat bo'yicha FIDE Jahon kubogi o'z yakuniga etdi.
Ushbu musobaqada hamyurtimiz Javohir Sindarov barcha raqiblarini mag'lubiyatga uchratib, Jahon kubogi g'olibiga aylandi. Bu orqali grossmeysterimiz kelasi yili Kiprda o'tkaziladigan davogarlar turnirida ham ishtirok etish huquqini qo'lga kiritdi.
Mazkur muvaffaqiyat orqali Sindarov 120 ming AQSH dollari miqdorida pul mukofotiga ega bo'ldi.

SHuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil, 5 avgustdagi PQ-347-sonli qaroriga muvofiq, bazaviy hisoblash miqdorining 300 baravari miqdorida pul mukofoti beriladi. Bugungi kunda BHM 412 ming so'mni tashkil etadi. Demak, O'zbekiston hukumati tomonidan beriladigan pul miqdori 123 million 600 ming so'mni tashkil etadi.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar