So’nggi yangiliklar

20:20ПСЖ оғир жароҳат олганига қарамай, Кварацхелия билан шартномани 2032 йилгача узайтирмоқчи 0 19:33Хирн: "Дана Уайт ва UFC Фьюри — Жошуа жангини ташкил қилмайди" 0 18:44Сехудо Стерлингни Пётр Яндан устун қўймоқда 0 17:53Волкановски Жастин Гэтжига камаридан воз кечишни таклиф қилди 0 17:02Каррик: "Мен айбни тўлиқ ўз зиммамга оламан" 0 16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0

16 okt 11:34
Yangiliklar

SHaxmat

Javohir Sindarov – jahonning eng yosh xalqaro grossmeysteri!

Budapesht shahrida bo'lib o'tgan “First Saturday GM” xalqaro turnirida iqtidorli shaxmatchimiz Javohir Sindarov muvaffaqiyatli ishtirok etib, uchinchi grossmeysterlik talabini bajardi va 12 yoshida jahonning eng yosh xalqaro grossmeysteriga aylandi.

Bundan bir yil oldin Javohir xalqaro shaxmat ustasi unvoniga sazovor bo'lib, Prezidentimizning qimmatli sovg'alarini qo'lga kiritgandi. 

O'tgan bir yil ichida Javohir o'z ustida tinimsiz ishlab, joriy yil iyun oyida “Voronej open-2018” xalqaro musobaqasida birinchi, sentyabr oyida Turkiyada o'tkazilgan 20 yoshgacha o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionatida ikkinchi grossmeysterlik talabini bajargandi.

SHunisi quvonarliki, Javohir 12 yosh 10 oy 8 kunda grossmeysterlik unvonini qo'lga kiritib, jahon shaxmat tarixida S.Koryakindan (12 yoshu 7 oy) keyin ikkinchi, shaxmat vatani bo'lmish Osiyoda esa birinchi – eng yosh shaxmatchi sifatida o'z nomini tarix yilnomalariga muhrlab qo'ydi.

SHu o'rinda aynan Osiy qitasida, xususan, O'zbekistonda shaxmat yildan yilga “yasharayotgani”ni takidlash lozim. O'tgan yili yana bir umidli shaxmatchimiz Nodirbek Abdusattarov 13 yoshu 1 oyda grossmeysterlik maqomiga erishib, yurtimiz dovrug'ini olamga yoygandi. 2018 yil iyun oyida esa Hindistonlik yosh shaxmatchi Rameshbabu Pragnanandxa 12 yosh 10 oy 13 kunda shunday unvonga sazovor bo'lib, Nodirbekning “rekordi”ni yangilagandi. Javohir esa hind tengdoshini 5 kunga ortda qoldirib, jahonning eng yosh xalqaro grossmeysteri degan sharafli nomni yana O'zbekistonga qaytardi. 

Eslatib o'tamiz, bu yuksak unvonga shaxmat bo'yicha amaldagi jahon chempioni Magnus Karlsen 13, jahon chempionlari Robert Fisher 15, Vladimir Kramnik 16, Garri Kasparov 17, Anatoliy Karpov, Vishanatan Anand 19, Mixail Tal 21, Tigran Petrosyan 23, Vasiliy Smyslov 29, Mixail Botvinnik 39 yoshida sazovor bo'lishgan. 

Dunyoning eng yosh shamatchilari ro'yxatining eng yuqori pag'onasida yurtimizning ikki vunderkindi – Javohir va Nodirbeklarning turganligi qalbimizga faxr bag'ishlashi bilan birga yaqin yillarda jahon shaxmat tojining yana yurtimizga qaytishiga umid uyg'otadi.

– Mening mazkur yutuqni qo'lga kiritishimda, – deydi Javohir Sindarov, – ustozlarim Sabohat va Sirojiddin Zayniddinovlar, Akrom Toshxo'jaev, Bobur Sattarov va xalqaro grossmeyster Marat Jumaevlarning bergan saboqlari, ota-onam, yaqinlarim, ayniqsa, bobom Komil Sindarov, manaviy ustozimlarim Bakriddin Zaripov, Murtoza Rahmatovlarning qo'llab-quvvatlashi, yurtimizda sportga yaratilgan shart-sharoitlar, Prezidentimizning shaxmatga etibori asosiy omil bo'ldi. 

Javohirning jahon shaxmat arenasida qo'lga kiritgan bu olamshumul g'alabasi bilan barcha yurtdoshlarimizni muborakbod etamiz.

Jahon shaxmat tarixida eng yosh grossmeysterlar ro'yxati:

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing