09 avg 12:58
Yangiliklar
Javohir Sindarov: "Men Gukeshning eng kuchli versiyasiga tayyorlanyapman"
"Fikrimcha, Gukesh juda yaxshi o'ynamoqda. Menimcha, uning muammosi shundaki, u yaxshi, hatto yutuqli poziciyaga ega bo'lganda ham muvozanatni yo'qotib qo'yadi. Buning sababi nimada ekanini bilmayman, lekin uning partiyalarini ko'rsangiz, u haqiqatan ham juda yaxshi o'ynayotganiga guvoh bo'lasiz.
Men bunga unchalik etibor bermayman. U juda kuchli shaxmatchi ekanini bilaman, chunki unga qarshi o'ynaganimda buni o'zim his qilganman. Men Gukeshning eng kuchli versiyasiga tayyorlanaman va Jahon chempionati matchida u o'zining eng yuqori formasida bo'ladi deb hisoblayman".
Malumot uchun, Gukesh Dommaradju va Javohir Sindarov o'rtasidagi FIDE Jahon chempionati-2026 bahsi 25 noyabrdan 15 dekabrga qadar SHveycariyaning Jeneva shahrida bo'lib o'tadi.

Fikrlar