08 apr 14:34
Yangiliklar
Javohir Sindarov: "Men uchun eng muhimi sifatli shaxmat o'ynash"
Kecha bo'lib o'tgan ikkinchi davra uchrashuvida durang natija qayd etildi.
Sindarovning takidlashicha, u o'yinga jiddiy tayyorgarlik ko'rgan:
"Raqibimdan kataloncha boshlanishga o'xshash variant kutgandim. Debyutdan keyin tayyorgarligimdagi poziciya yuzaga keldi va u menga yoqa boshladi. Andrey uzoq o'yladi. Bir payt tushundimki, agar piyoda qurbon qilmasam, shunchaki biroz ustunlikka ega, lekin cho'zilgan o'yin bo'ladi. SHu tufayli tashabbus uchun piyoda qurbon qildim. O'sha vaziyat menga juda yoqdi. Umuman olganda, bu natijani yaxshi deb baholayman. Oldin ham duranglar bo'lgan. Men uchun eng muhimi sifatli shaxmat o'ynash. Imkoniyat paydo bo'lsa, har doim raqibga bosim qilishga harakat qilaman. Men ham, Andrey ham futbol muxlisimiz. David Luis kabi mehmonlar kelganda juda xursand bo'laman", deydi Javohir.
Hamyurtimiz bugun musobaqaning 9-turi doirasida geramniyalik Mattias Blyumbaum bilan bahs olib boradi.
Fikrlar