04 sen 09:05
Yangiliklar
SHaxmat
Javohir Sindarov million dollar mukofot puliga ega turnirda qatnashadi
O'zbekistonlik grossmeyster Hindistonda bo'lib o'tadigan nufuzli franchayzing musobaqasi - Tech Mahindra Global Chess League (GCL)da ishtirok etadi.
Turnir 5-13 sentyabr kunlari Hindistonda bo'lib o'tadi. Hamyurtimiz mazkur mavsumda American Gambits jamoasi sharafini himoya qiladi. Javohir jamoasining birinchi — Icon taxtasida dona suradi.
Tech Mahindra Global Chess League turnirining umumiy mukofot jamg'armasi 1 000 000 AQSH dollarini tashkil etadi. Javohirning jamoasida qozog'istonlik shaxmat malikasi Bibisara Asaubaeva ham bor. Ularning yo'llari Samarqanddan oldin Hindistonda ham tutashyapti.

Havola :
Manba : uzchess
Fikrlar