20 jan 13:01
Yangiliklar
SHaxmat
Javohir Sindarov mukofot jamg'armasi 750 ming AQSH dollarini tashkil etuvchi nufuzli turnirda ishtirok etadi
O'zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov Freestyle Chess Grand Slam Weissenhaus musobaqasi ishtirokchisiga aylandi.
Bu haqda Freestyle Chess Club'ning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida xabar berildi. Sindarov turnirga hindistonlik Vishi Anandning o'rniga taklif etildi.
Musobaqa 7-14 fevral kunlari Germaniyaning Vaysenxaus shahrida tashkil etiladi.
Unda Sindarovdan tashqari Nodirbek Abdusattorov, Magnus Karlsen, Fabiano Karuana, Xikaru Nakamura kabi jami 9 nafar shaxmat ustalari ishtirok etadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar