10 apr 11:15
Yangiliklar
Javohir Sindarov: "Natija emas, o'yin haqida o'ylayapman"
"Maqsadga juda yaqinman, lekin oldinda yana ikkita muhim o'yin bor. Ikkalasi ham qora donalarda. SHuning uchun natija haqida o'ylamasdan, shunchaki o'ynashga harakat qilyapman. Turnirdagi vaziyat albatta bosim beradi. Blyumbaum bilan o'yinda yutishim kerak bo'lgan poziciyani yuta olmadim. SHunda murabbiyim menga: "Agar sen bu unvonga loyiq bo'lsang, baribir uni olasan. Agar yo'q bo'lsa, demak yanada ko'proq ishlaymiz. SHuning uchun natija haqida emas, o'yin haqida o'yla", deb aytdi. Rostini aytsam, bir payt tayyorgarligimni unutib qo'ydim va kerakli yurishni emas, boshqa yurishni tez qilib yubordim. Bu xato edi. Lekin keyin o'zimni yig'ib oldim va vaziyatdan chiqib ketdim. Bir oz vaqt ketdi, lekin o'yinni yana nazoratga oldim. Omad ham yordam berdi", deydi Sindarov.






Fikrlar