24 apr 13:08
Yangiliklar
SHaxmat
Javohir Sindarov, Nodirbek Abdusattorov va boshqa shaxmat yulduzlari futbol o'ynashdi (FOTOGALEREYA)
SHaxmat bo'yicha O'zbekiston erkaklar terma jamoasi o'quv-mashg'ulot yig'inlarini belgilangan reja asosida yuqori tempda davom ettirmoqda.
"Mashg'ulotlar davomida sportchilarning umumiy jismoniy holatini mustahkamlashga alohida etibor qaratilmoqda. Dastur doirasida chidamlilik, tezkorlik va kuch ko'rsatkichlarini oshirish, shuningdek, funkcional tayyorgarlikni yanada takomillashtirish ustuvor vazifa sifatida olib borilmoqda.
Murabbiylar shtabi tomonidan yuklamalar har bir sportchining individual xususiyatlari va tayyorgarlik darajasidan kelib chiqib aniq rejalashtirilmoqda.
Ushbu yig'inlar jamoaning yaqinlashib kelayotgan musobaqalarga tayyorgarligini kuchaytirish, optimal sport formasini saqlash hamda yuqori natijalarga erishishda muhim omil bo'lib xizmat qiladi", deyiladi O'zbekiston shaxmat federaciyasi xabarida.







Havola :
Manba : Uzbchessfederation
Fikrlar