15 apr 12:06
Yangiliklar
SHaxmat
Javohir Sindarov so'nggi tur haqida: "Men bosimsiz, lekin Bibisara..."
Muddatidan oldin chempionlikka erishgan Javohir Sindarov "Nomzodlar turniri"ning so'nggi turi haqida fikr bildirdi.
"Meni qo'llab-quvvatlagan barchaga rahmat: oilam, murabbiyim va sekundantlarim. Bu men uchun juda muhim.
So'nggi turda... Partiya bosimsiz bo'ladi. Lekin men Sarani (Bibisara Asaubaeva) qo'llab-quvvatlashga harakat qilaman. Unda ham juda yaxshi imkoniyatlar bor, ko'ramiz", - dedi Sindarov.
Eslatib o'tamiz, qozog'istonlik Bibisara Asaubaeva 7,5 ochko to'plagan holda hindistonlik Rameshbabu Vayshali bilan peshqadam bo'lib turibdi. Bugun Asaubaeva boshqa bir hind - Divya Deshmukka qarshi dona suradi. Sindarov esa xitoylik Vey Yi bilan hisob-kitob qiladi.



Havola :
Manba : FIDE CHESS
Fikrlar