26 may 18:55
Yangiliklar
SHaxmat

Javohir Sindarov Tepe Sigeman 2025 chempioni!
SHveciyaning Malmyo shahrida shaxmat bo'yicha ko'zga ko'ringan grossmeysterlar ishtirokidagi nufuzli turnir o'z yakuni sari yaqinlashmoqda.
Aylana tizimda o'tkazilayotgan ushbu nufuzli musobaqada hamyurtimiz Javohir Sindarov ham muvaffaqiyatli tarzda ishtirok etdi. Mamlakatimizning ikkinchi raqamli shaxmatchisidan tashqari yana etti grossmeyster sovrinli o'rinlar uchun kurash olib bordi.
Hozirgina turnirning 7-turi doirasida Sindarov ukrainalik shaxmat afsonasi Vasiliy Ivanchukka qarshi qora donalarda o'ynab, durangga imzo chekdi. Bu bilan shaxmatchimizning ochkolari 4,5 taga etdi. Ikkinchi o'rinda borayotgan turkiyalik Yagiz Erdogmus niderlandiyalik Ervin L`Ami bilan murosaga keldi. Bu esa Javohirning chempionligini taminladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar