11 fev 12:51
Yangiliklar
SHaxmat
Javohir Sindarov - Titled Tuesday g'olibi!
Haftaning seshanba kunlari shess.com platformasida blic bo'yicha onlayn turnir bo'lib o'tadi.
Dunyoning ko'zga ko'ringan grossmeysterlari muntazam ishtirok etib kelayotgan bu musobaqada bizning shaxmatchilar ham g'oliblik uchun bahs olib borishadi.
Quvonarlisi, shveycarcha tizimda 11 turdan iborat kechagi kun turnirida Javohir Sindarov 9,5 ochko bilan chempionlikni qo'lga kiritdi. Jahon kubogi g'olibi bo'lgan shaxmatchimiz musobaqa davomida Yan Nepomnyanshiy, Vladislav Artemev, Maksim Vashe-Lagrav singari taniqli raqiblarini taslim etdi.


Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar