04 mar 14:37
Yangiliklar
Javohir Sindarov Titled Tuesday turniri g'olibi!
Musobaqada faqat rasmiy shaxmat unvoniga (GM, IM, FM va boshqalar) ega shaxmatchilar ishtirok etadi. Turnir formati shveycarcha tizimda 11 raunddan iborat bo'lib, har bir partiya 5 daqiqa vaqt nazorati bilan o'ynaladi.
Quvonarlisi, kechagi turnirda hamyurtimiz Javohir Sindarov chempionlikni qo'lga kiritdi. Grossmeysterimiz 11 imkoniyatdan 9,5 ochko jamg'arib, qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra turnir g'olibi bo'ldi. Javohir singari 9,5 ochko to'plagan gruziyalik Dmitriy Andreykin va franciyalik Maksim Vashe-Lagrav kuchli uchlikdan joy oldi.
Eslatib o'tamiz, Javohir Sindarov bu yil hisobidan uchinchi marotaba ushbu turnir g'olibligini qo'lga kiritdi. U bir oy avval ham 9,5 ochko jamg'arib, chempionlikka erishgandi. O'shanda Sindarov Yan Nepomnyanshiy, Vladislav Artemev, Maksim Vashe-Lagrav singari taniqli raqiblarini taslim etgandi. Javohirga bu yil hisobidan Titled Tuesday turniridagi ilk chempionlik yanvar oyida nasib etgan edi.

Fikrlar