19 fev 15:51
Yangiliklar

Javohir Sindarov Titled Tuesday turnirida ikkinchi bo'ldi
Ushbu musobaqaning kechagi kungi bahslarida ishtirok etgan Javohir Sindarov ikkinchi o'rinni egalladi. Yosh grossmeyterimiz 11 imkoniyatdan 9 ochko jamg'arib, qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra ikkinchi o'rinni band etdi.
Musobaqa g'olibligi bu safar 10 ochko to'plagan polshalik grossmeyster Yan-Krishtof Dudaga nasib qildi. Kuchli uchlikka amerikalik Kristofer YU yakun yasab berdi. G'olib 1000 dollar pul mukofotini qo'lga kiritdi. Sindarov 750, uchinchi o'rin sohibi 350 dollar ishlab oldi.
Eslatib o'tamiz, Javohir Sindarov o'tgan hafta Freestyle Chess Grand Slam turnirida 4-o'rinni egallagan hamda 60 000 AQSH dollari miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlangan edi. Yana bir hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov esa 40 000 dollarga ega bo'lgandi.
Fikrlar