23 jan 10:20
Yangiliklar
SHaxmat
Javohir Sindarov Veyk-an-Zeeda ilk mag'lubiyatini qabul qilib oldi
Niderlandiyaning Veyk-an-Zee shahrida shaxmat bo'yicha nufuzli "Tata Steel Chess-2023" turniri o'tkazilmoqda.
Kecha musobaqaning 8-turi doirasida Nodirbek Abdusattorov AQSH vakili Levon Aronyan bilan durang o'ynagani haqida xabar qilgandik.
"CHellenjer" guruhida qatnashayotgan yana bir hamyurtimiz Javohir Sindarov esa 8-turda turkiyalik Mustafa Yilmazga qarshi qora donalarda o'ynadi va afsuski imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Bu Javohir uchun turnir davomidagi ilk mag'lubiyat hisoblanadi. U 8 turdan so'ng 5 ochko jamg'argan.
Endi u ertaga 9-turni amerikalik Abimanyu Mishraga qarshi o'tkazadi.
Bugun musobaqada dam olish kuni hisoblanadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar