15 apr 14:12
Yangiliklar
Javohir va Bibisara kunning eng yaxshilari bo'lishdi + FOTO
O'n bir imkoniyatdan 9,5 ochko to'plagan Javohir Sindarov muddatidan avval "Nomzodlar turniri" chempioni bo'lish barobarida Jahon tojining amaldagi sohibi hindistonlik Gukesh Dommaradjuga qarshi o'ynash huquqini qo'lga kiritdi.
Etiborlisi, qozog'istonlik Bibisara Asaubaevada ham turnir chempioni bo'lish imkoniyati yuzaga keldi. U ukrainalik Katerina Lagnoga qarshi oq donalarda harakat qilib, muhim g'alabaga erishdi. So'nggi tur oldidan Bibisara 7,5 ochko to'plagan holda turnir jadvalida hindistonlik Rameshbabu Vayshali bilan qo'shhokimlik qilyapti.
Qizig'i, so'nggi kunlarda keng muhokamalarga sabab bo'layotgan Javohir Sindarov va Bibisara Asaubaeva kecha o'tkazilgan 13-turning "Eng yaxshi shaxmatchilari" (Player of the Day) deb topildi.

Fikrlar