So’nggi yangiliklar

15:03"Барча Умар Нурмагомедовни бўлажак чемпион деб ҳисобларди, нима бўлганини кўрдингизми?" - Сонг Ядонг 0 14:31"ММАга қайтиш учун энди қарилик қиламан" - Забит Магомедшарипов 0 13:57Статистикага кўра Хргович жанг тўхтатилган вақтда Итаумага ютқазаётганди 0 13:30Лео Месси тарихда иккинчи ўринга кўтарилиб oлди 0 12:58"Аспиналлни тезроқ октагонга қайтариш керак" - собиқ чемпион 0 12:34Жалолов билан жанг қилиши мумкинлиги айтилган Мурат Гассиев Тайсон Фьюрига қарши рингга чиқиши мумкин 0 12:07"Биз айнан шу зарбани ишлагандик" - Сонг Ядонг нокаут ҳақида 0 11:40"Барселона" ҳимоячиси € 8,5 млн эвазига "Реал Сосьедад"га ўтди 0 11:13Двалишвили Нурмагомедовнинг мағлубиятига битта эмоджи билан муносабат билдирди 0 10:49Ҳумоюн билан жанг қилиши кутилган Мадраҳимов Тошкентга октагонга чиқади + ПОСТЕР 0 10:22Ислам Махачев Нурмагомедовнинг UFC`даги иккинчи мағлубияти ҳақида гапирди 0 09:57Ўзбекистон кубоги. Бугун яна иккита қизиқарли учрашув бор 0 09:23Lausanne Grand Slam 2026. Бугун оғир вазнли дзюдочиларимизга мухлислик қиламиз. Улар орасида Тўрабоев ҳам бор! 0 08:55Умар Нурмагомедов кечаги кутилмаган нокаутига илк бор изоҳ берди 0 08:26Жасурбек "Тайсон" Жўраев бир ҳафтадан кейин Тошкентда жанг қилади + ПОСТЕР 0

06 may 15:39
Yangiliklar

SHaxmat

Javohir va Gukesh ishtirokidagi turnir boshlandi. Birinchi kundan so'ng Sindarov toj sohibidan yuqorida!

Jahonning ikki vunderkindi Polsha poytaxti Varshava shahrida start olgan mukofot jamg'armasi 200 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi Grand Chess Tour 2026 turnirida dona surmoqda.

Ananaviy tarzda rapid va blic yo'nalishlari bo'yicha o'tkazib kelinayotgan ushbu nufuzli musobaqada amaldagi Jahon toji sohibi hindistonlik Gukesh Dommaradju hamda chempionlik uchun rasmiy davogar, "Nomzodlar turniri" g'olibi Javohir Sindarov ham bosh sovrin uchun o'ynayapti.

Musobaqaning ilk kuni shaxmatchilar rapid yo'nalishida uchta turda o'zaro hisob-kitob qilishdi. Javohir Sindarov 1-turda qora donalarda amerikalik Hans Mok Niemann, 2-turda oq donalarda polshalik Yan-Krishtoff Duda bilan durang o'ynadi. Uchinchi turda esa qora donalarda o'ynaganiga qaramay, yana bir mezbon shaxmatchi Radoslav Voytashekni mag'lubiyatga uchratdi. 

Turnir reglamentiga ko'ra, har bir g'alabaga 2, durangga 1 ochko beriladi. Bugun ikkinchi tur doirasida rapid yo'nalishida yana 3 ta tur uchrashuvlari o'tkaziladi. Bizning vaqt bilan soat 17:00da boshlanadigan 4-turda Sindarov qora donalarda amerikalik Uesli Soga qarshi bahs olib boradi. 

Uchinchi turdan so'ng musobaqaning amaldagi chempioni sloveniyalik Vladimir Fedoseev 4 ochko bilan qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra peshqadamlik qilmoqda. Hans Mok Niemann, Fabiano Karauna, Uesli So va Javohir Sindarov hisobida ham 4 ochkodan bor. Gukesh Dommaradju 3 ochko bilan 6-pog'onadan joy olgan. Radoslav Voytashek 3 ta turda ham mag'lubiyat alamini totib ko'rdi. 

Bugun 5-turda Javohir Sindarov va Gukesh Dommaradju o'zaro to'qnash keladi. Hamyurtimiz oq donalarda o'ynaydi. Bugunga belgilangan so'nggi 6-turda Javohir qora donalarda franciyalik Maksim Vashe-Lagrav bilan hisob-kitob qiladi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing