30 apr 16:16
Yangiliklar
Javohir va Gukeshning Jahon toji uchun matchdan oldin qaysi turnirda o'zaro o'ynashi malum
Aniqrog'i, 4-10 may kunlari Polsha poytaxti Varshava shahrida jahon shaxmati yulduzlari ishtirokidagi Grand Chess Tour 2026 turniri bo'lib o'tadi.
Ananaviy tarzda rapid va blic yo'nalishlari bo'yicha o'tkazib kelinadigan ushbu nufuzli musobaqada amaldagi Jahon toji sohibi hindistonlik Gukesh Dommaradju hamda chempionlik uchun rasmiy davogar Javohir Sindarov ham bosh sovrin uchun o'ynaydi. Grossmeysterlar yilning asosiy matchi oldidan Polshadagi turnirda bir-birlarini sinab olish imkoniga ega bo'ladilar.
Grand Chess Tour 2026 turniri to'liq tarkibi:
Javohir Sindarov (O'zbekiston)
Gukesh Dommaradju (Hindiston)
Alireza Firuzdja (Franciya)
Xans Nimann (AQSH)
Fabiano Karuana (AQSH)
Vladimir Fedoseev (Sloveniya)
Maksim Vashe-Lagrav (Franciya)
Yan-Kshishtof Duda (Polsha)
Radoslav Voytashek (Polsha)
Uesli So (AQSH)

Fikrlar