20 iyu 02:42
Yangiliklar

Jazoir 29 yillik tanaffusdan so'ng Afrika chempioni bo'ldi
Qita chempionatining hal qiluvchi final uchrashuvida Jazoir hamda Senegal terma jamoalari to'qnash kelishdi. O'yindagi yagona gol 2-daqiqadayoq Jazoir hujumchisi Bog'dod Buneja tomonidan kiritildi.
Aynan mana shu aniq zarba Jamol Belmadi shogirdlariga musobaqa bosh sovrinini keltirdi. Jazoir o'z tarixida ikkinchi martoba Afrika chempioniga aylandi. Ular 1990 yildagi qita birinchiligida ham zafar quchishgandi.
Senegal esa ikkinchi marotaba finalga (birinchisi 2002 yil) chiqib, yana kumush medallar bilan cheklandi.
Senegal – Aljir 0:1 (0:1, 0:0)
«Cairo International Stadium»
Gol: 0:1 – 2 Buneja.
Senegal – Gomis, Gassama, Sane, Sabali, Kuyate, Ndiaye (Diatta, 59), Seve (Diane, 75), Sarr, Guye, Mane, Nyang (Keyta Balde, 85).
Jazoir – Mboli, Zeffan, Bensebayni, Mandi, Benlamri, Mahrez, Gediura, Feguli (Taxrat, 85), Bennaser, Belaili (Braimi, 84), Buneja (Slimani, 89).
Ogohlantirishlar: Bensebayni (33), Belaili (54), Guye (79), Gassama (80), Mandi (90), Gediura (90).
Fikrlar