15 iyu 14:58
Yangiliklar
Futbol
JCH-2018 finalini boshqaradigan hakam yana rus tilida “tvit” yozdi
Bugungi JCH-2018 final uchrashuvida hakamlik qiladigan Nestor Pitana faoliyatidagi eng muhim o'yinga tayyorgarlik ko'rayotganini tan oldi.
Bu haqda agentinalik hakam yana bir bor rus tilida “Tvitter”dagi rasmiy sahifasida xabar qoldirgan.
“X. Maydana va J. P. Belatti bilan bizni unutilmas kun kutmoqda. Bu faoliyatimizdagi eng muhim o'yin bo'lib qoladi”, - dedi Pitana.
Eslatib o'tamiz, bugun Moskva shahridagi “Lujniki” stadionida Franciya va Xorvatiya terma jamoalari o'rtasidagi final uchrashuvi bo'lib o'tadi. O'yin Toshkent vaqti bilan soat 20:00da boshlanadi.
Havola :
Fikrlar