31 mar 07:20
Yangiliklar
Futbol

JCH-2022 saralashi. Falastinga 5ta gol urgan Saudiya Arabistoni jadvalda etakchi bo'lib oldi, O'zbekiston ikkinchi o'ringa tushdi
JCH-2022 saralashi 2-raundi doirasida Saudiya Arabistoni hamda Falastin termalari o'rtasidagi bahs yakuniga etdi.
Unda Saudiya Arabistoni termasi raqiblarini ayab o'tirmadi va javobsiz 5ta gol kiritdi. Bu g'alaba termani "D" turnir jadvalida peshqadam bo'lib olishini taminladi. O'zbekiston termasi esa 2-o'ringa tushib qoldi.
Saudiya Arabistoni - Falastin 5:0
Gollar: al-SHahroni (37), al-Muvallad (43), al-SHehri (52, 58), al-Davsari (88-pen).
Saudiya Arabistoni - al-Ovais, al-SHahroni, Madu, al-Ganam (al-Burayk, 79), al-Amri al-Davsari, Otayf, Kanoo (al-Naji, 71), Malki, al-Muvallad (al-Kuvaykibi, 79), al-SHexri (Burafkan, 71).
Falastin - Ali, Abumayyala, Qatmish, Hamid, al-Battat, Xarub (Darvish, 61), Faravi, Maraba (Qombor, 61), CHidadex, Seyam (Yamin, 46), Abu Varda (Batran, 60).
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar