04 okt 10:37
Yangiliklar
Futbol
JCH-2022 saralashidagi raqibimiz Singapur Iordaniya bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazadi
ErtagaJCH-2022 saralashi doirasidagi guruhdoshimiz Singapur o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.
Tatsuta Yoshida boshchiligidagi Singapur mundial saralashi doirasida 10 oktyabr kuni safarda Saudiya Arabistoni, 15 oktyabr kuni o'z maydonida O'zbekiston terma jamoasi bilan o'ynaydi.
Bu o'yinlarga tayyorgarlik ko'rish maqsadida Singapur ertaga, 5 oktyabr kuni Amman shahrida Iordaniya bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.
Malumot uchun, Singapur JCH-2022 saralashi doirasida ilk turda Yaman bilan 2:2 hisobida durang o'ynagan, so'ngra Falastinni 2:1 hisobida mag'lub etgandi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar