So’nggi yangiliklar

18:41Белбоғли кураш. Кучлилар Фарғонада аниқланди 0 18:10Майкл Моралес: "Махачевдаги камарни Эквадорга олиб кетаман" 0 17:39"Реал Мадрид" етакчиси билан янги шартнома имзолади 0 17:08"Хабиб фаолиятини якунлаётганида унга қўлимдан келган барча нарсани таклиф қилганман" - Дана Уайт 0 16:37Дана Уайт ташкил этмоқчи бўлган жангларни санаб берди 0 16:04Спорт курашлари бўйича Ўзбекистон чемпионати якунланди 0 15:33Афсонавий Роналдиньо профессионал футболга қайтиши сабабини ошкор қилди 0 15:02ММА жамоатчилигининг Харрисон - Нуньес жангига муносабати: "Тарихдаги энг ёмон режа" 0 14:31UFC 334 турнирининг бонус соҳиблари эълон қилинди 0 14:00Мераб Двалишвили "ишкалдаги дўсти" Саба Лазишвилига UFC томонидан шартнома таклиф этилганини айтди 0 13:29Банклар "Манчестер Сити"ни молиялаштиришдан бош тортмоқда 0 12:58Арман Царукян PFL ва Bellator жангчисига қарши баҳс олиб борди 0 12:27Zagreb Grand Prix 2026. Бугун Давлат Бобоновга мухлислик қиламиз! 0 11:56Чемпионлар камарини муваффақиятли ҳимоя қилган UFC 334 турнирининг барча натижалари 0 11:25Жезуш Португалиянинг Даниядан йирик ҳисобда мағлуб бўлиши сабабларини айтди 0

14 sen 10:55
Yangiliklar

Futbol

JCH-2024. 1-tur. O'zbekiston - Niderlandiya. Prevyu

Teglar :  Futzal
Bugun futzal bo'yicha 2024 yilgi jahon chempionatiga start beriladi.

O'zbekiston — Niderlandiya

"A" guruhi, 1-tur

Humo arena, Toshkent

20:00


FIFA reytingidagi o'rni

O'zbekiston (11)

Niderlandiya (36)

O'yin

O'zbekiston sport tarixidagi eng yirik o'yinlardan biri o'tkazilishi kutilmoqda. "Oq bo'rilar" jarohatlar dastidan qiyinchiliklarga duch kelayotgan bo'lsa-da, o'sib kelayotgan yulduzlar Abror Axmetzyanov va Fazliddin Botirov ularning o'rnini bosishga harakat qiladi. 24 yil ichida birinchi marta katta sahnaga qaytgan Niderlandiya ajoyib darvozabon Manuel Kuyk va ajoyib iqtidor egasi Ayub Buxoriy singari etakchilarga ega.

Futzalchilar fikri

"Tarkibga jalb etilganimdan juda xursand bo'ldim. Biz Niderlandiyani diqqat bilan o'rganyapmiz. Bizda ko'plab jarohatlar bor, lekin ularning o'rnini bosa oladigan o'yinchilar etarli. Yoshlardan Abror Axmetzyanov va Fazliddin Botirovlar juda yaxshi o'ynamoqda", dedi jarohat olgan O'zbekiston terma jamoasi sardori Dilshod Rahmatov o'rniga chaqirilgan Anasxon Rahmatov.

"Unutilmas o'yinni boshdna kechiramiz. 12 ming tomoshabinga mo'ljallangan arena limmo-lim bo'lishiga shubha yo'q. Oldimizda qiyin sinov kutib turibdi. Mahalliy muxlislar shovqin-suron ko'tarib, bizga qarshilik qilishga harakat qilishadi, lekin Finlyandiyaga qarshi o'yinda ham shunday hodisani boshdan kechirganmiz. U erda barcha oppoq kiyimda edi, qiyqiriqlar avjida edi, lekin biz bunga bardosh berdik. O'ylaymanki, O'zbekistonga qarshi uchrashuvda ham munosib qarshilik ko'rsatishni uddalaymiz", dedi Niderlandiya terma jamoasi himoyachisi Jordi Krete.

Qiziqarli malumot

Ushbu turnirda ikki aka-uka O'zbekiston sharafini himoya qilishi kerak edi, ammo endi ularning hech biri qatnashmaydi. Dastlab Davron CHoriev, so'ngra Dilshod Rahmatov jarohat tufayli musobaqada ishtirok eta olmaydigan bo'ldi.

Niderlandiyalik yulduz Ayub Buxoriy "Ayaks" va Marokash terma jamoasining sobiq futbolchisi Nurdin Buxoriyning ukasi hisoblanadi.


Oqil Abdubarnoev tayyorladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing