26 iyu 11:55
Yangiliklar
Futbol
JCH-2026da ishtirokchilar soni 40taga etkaziladi... mi?
2026 yili o'tkaziladigan Jahon chempionatida final bosqichi ishtirokchilari soni 40taga etkazilishi mumkin.
Bu haqida FIFA prezidenti Janni Infantino malum qildi. FIFA rahbarining fikricha, terma jamoalarning kuchlari yildan-yilga tenglashib boryapti.
“Dunyo terma jamoalari orasidagi tafovut sekin-asta kamayib boryapti. Agar shu ketishda davom etsa, 2026 yilga borib bugungi kundagi kuchli terma jamoalar ham saralash bahslarida o'ta olmasligi mumkin. Yaqinda Franciyada o'tkazilgan Evropa chempionatida bunga barcha guvoh bo'ldi. Islandiya, Uels kabi terma jamoalar sensaciya ko'tarishdi. Evro-2016da ishtirokchilar soni 8taga oshirilib, 24taga etkazilgan edi. Endi bu o'zgarishni JCHda ham qo'llash kerak”, - dedi FIFA prezidenti.
Havola :
Fikrlar