So’nggi yangiliklar

19:30Менежер Ислам Махачевнинг кейинги рақиби ким бўлишини маълум қилди 0 19:06Исраэль Адесанья Чимаевни танқид қилди 0 18:45Александр Усик фаолиятини якунлаш режасини ўзгартирди 0 18:24FIFA Series турнири олдидан Венесуэлада йўқотиш 0 18:01"Агар UFC Жон Жонсни ҳурмат қилмаса, умуман кимни ҳурмат қилади?" - Фрэнсис Нганну 0 17:44Александр Усик: "Жошуа 2027 йилда мутлақ жаҳон чемпиони бўлади" 0 17:25Боксчиларимизнинг катталар ўртасидаги Осиё чемпионатида қатнашадиган таркиби маълум бўлди 0 17:17Эдди Хирн Жошуа — Уайт жанг ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди 0 16:51Нидерландия ЖЧ-2026 ни бойкот қилиши мумкин: 170 мингдан ортиқ имзо тўпланди! 0 16:30Сузувчиларимиз Тожикистондаги халқаро турнирда 45 та медални қўлга киритишди 0 16:08Долидзе: "Рози эмасман..." 0 15:49Фомин Хитой турнирини ғалаба билан бошлади 0 15:30"Реал"да масхарабозлик: Клуб шифокорлари юлдузларни бепул ChatGPT орқали "даволашган"! 0 15:15Акбар Жўраев номидаги спорт мактаби очилди (ФОТО) 0 14:52Ҳасанбой Дўсматовнинг кейинги рақиби аргентиналик боксчи бўлади — boxrec 0

02 may 21:35
Yangiliklar

Boks/MMA

JCH. Ikkinchi kun ham muvaffaqiyatli yakunlandi, keyingi bosqichdagi bokschilarimiz soni o'ntaga etdi!

Toshkentda o'tkazilayotgan boks bo'yicha kattalar o'rtasidagi jahon chempionatining ikkinchi kuni yakunlandi.

Bugungi kun doirasida uch nafar hamyurtimiz ringga ko'tarildi.

Kunduzgi dasturda:

1. - 63 kgda 1/32 final jangi: Manuel Febus (Puerto-Riko) - Ruslan Abdullaev, (Hakamlarning yakdil qarori bilan).
2. - 86 kgda 1/16 final jangi: SHohjahon Abdullaev - Adilbek Erkin Uulu (Qirg'iziston), (Hakamlarning yakdil qarori bilan). 

Kechgi dasturda:

1. - 80 kgda 1/32 final jangi: Jasurbek Yo'ldoshev - Yunes Nemochi (Jazoir), (Hakamlarning yakdil qarori bilan).

SHu tariqa, har uchchala bokschimiz ham g'alaba qozonib, keyngi bosqichga yo'l oldi. Hozircha g'alabali odimlayotgan bokschilarimiz soni to'rttaga etdi.

Malumot uchun, Oybek Jo'raev, Abdumalik Xalakov, Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev, Aloxon Abdullaev, Lazizbek Mullajonov va Bahodir Jalolovlar o'z ishtirokini 1/16 final bosqichidan boshlaydi.

MATNLI TRANSLYACIYA

21:24. Jasurbek Yo'ldoshev jangda hakamlarning yakdil qarori (5:0) bilan g'alaba qozonib, nimchorak finalga yo'l olgan to'rtinchi o'zbekistonlik bokschiga aylandi.

21:19. Ikkinchi raundd ham Yo'ldoshev yaqqol ustunlikka erishganini ko'rsatmoqda hakamlar hisobi, ammo, lekin, biroq...

21:15. Ilk raund biroz havotirli ko'rinish oldi, nazarimda. Har ikki bokschi ham teng darajada kurash olib bordi. Hisob esa fikrimga qo'shilmadi: 5:0, Jasur foydasiga.

21:13. Jasurning "jasur" harakatlari ostida jang boshlandi.

20:55. Qariyb to'rt soatlik tanaffusdan so'ng yana ringga qaytamiz. Jasurbek Yo'ldoshevning jazoirlik Yunes Nemochiga qarshi jangi boshlanishiga yana 15 daqiqadan ko'proq vaqt qolmoqda.

17:00. Kunduzgi dastur yakuniga etdi. Bir soatlik tanaffusdan so'ng kechki dastur start oladi. Hamyurtimiz Jasurbek Yo'ldoshevning jangi esa kechaning so'ngida — 21:00 da boshlanishi kutilmoqda.

16:15. Ajoyib! Uchinchi bokschimiz ham keyingi bosqichda!

16:10. Ikkinchi raund ham tugadi. SHohjahon bu raundda faollikni oshirdi. Hisobdagi ustunlik ham saqlanib qoldi.

16:06. Birinchi raund yakunlandi. SHohjahon o'ziga o'xshamadi bu raundda. Qo'lni tushurib jang qilish, biroz pand berayotgandek unga. Ammo hisobda hamyurtimiz oldinda.

16:03. SHohjahon Abdullaev ishtirokidagi jang start oldi. Hamyurtimizga omad tilaymiz!

15:35. Demak, biz yana qaytdik. Yana bitta jangdan so'ng, aniqrog'i 20 daqiqadan so'ng (taxminan) SHohjahon Abdullaev ishtirokidagi jang start oladi.

14:30. Endi yana bir soat kutamiz, o'zbekistonlik bokschilar jangini. 15:40 atrofida televizoringiz pultini UzReport'ga olishni unutmang, chunki SHohjahon Abdullaev ringga chiqadi!

14:20. Guvohi bo'lganingizdek, Ruslan Abdullaev "o'zini qiynab o'tirmasdan", 5:0 hisobidagi g'alaba bilan nimchorak finalga yo'l oldi.

14:15. Ikkinchi raund ham o'z poyoniga etdi. Ruslan bu raundda ham ustunligini saqlab qola oldi - 5:0!

14:11. Birinchi raund yakunlandi. Hamyurtimiz yaqqol ustunlikka erishgan ushbu raundda hakamlar bir ovozdan Ruslanni kuchli sanashdi (5:0).

14:06. Va nihoyat ringga Ruslaaan Abdullaev chiqib kelmoqda! Arenadagi kam sonli muxlislar esa uni qo'llab-quvvatlashdan to'xtamayapti.

13:24. Boks mundialining ikkinchi kungi janglari start olib ulgurdi. Yana ikkita jangdan so'ng hamyurtimiz Ruslan Abdullaev nimchorak final yo'lida puerto-rikolik Manuel Febusga qarshi ringga ko'tariladi.

Reyting: +2   

Fikrlar

   
03 may 00:58:08
Boks
Jasurni endi boshqa musobaqalarga obormasayam boladi ozimizda birinchi bosqichni ozida sal kam yeb otiripti
   
03 may 00:02:01
Jamil Umar
AQSH Angliya Evropa mamlakatlari ishtirok etmagandan keyin bu Chempionatni Jahon Chempionatni demasak ham boʻlardi
   
02 may 21:22:00
Бурхон Сабиров
2-раундда ютқиздику Жасур Йўлдошев. Жазоирлик ютган эди тоза. Судьялар биз тараф шекилли)))
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing