24 may 08:18
Yangiliklar
Futbol

JCH oltin medallari aukcionda 155 ming evroga sotildi
Ayni paytda jahondagi ko'plab savdo-sotiqlar, aukcionlar ham onlayn tarzda olib borilmoqda.
O'tkazilgan aukcionlardan biri sport olami uchun ham ahamiyatli bo'lib, unda futbol bo'yicha turli yillardagi 3 ta JCHning oltin medallari hamda afsonaviy basketbolchi Kobe Brayantning shaxsiy buyumlari sotuvga qo'yilgan.
Aukcion yakunlariga ko'ra ko'ra JCH-2018 oltin medali 65 ming evro, JCH-2002 oltin medali 46 ming evro, JCH-1994 oltin medali 44 ming evroga sotilgan. Basketbol bo'yicha ikki karra Olimpiya o'yinlari chempioni, 5 karra MBA chempioni Kobe Brayantning shaxsiy buyumlarini harid qilgan tadbirkor buning uchun 185 ming evro to'lashiga to'g'ri keldi.
Francuz nashrlari tarqatgan ushbu xabarda aynan qaysi jahon chempionlarining medallari sotilgani haqida malumot berilmagan.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar