So’nggi yangiliklar

19:01WBA рейтинги ҳам янгиланди: икки боксчимиз ўз вазнида етакчи 0 18:30Расман. Санжар Зокировнинг кейинги рақиби чеченистонлик жангчи бўлади 0 17:43WBO рейтинги янгиланди: 5 нафар боксчимиз ТОП-15'да қайд этилди 0 17:22Блаттер Балогун ҳақида: "ФИФА, қаёққа қараб кетяпсан?" 0 16:49Забит Магомедшарипов укасининг мағлубияти учун Росасдан қасос олмоқчи 0 16:1711 нафар ўзбек боксчиси WBC'нинг янгиланган рейтингидан жой олди 0 15:45Дзюдочи қизларимиз Японияда машғулотларни бошлади 0 15:18"Бу 100 фоизлик коррупция". Бельгия матбуоти — Балогуннинг ЖЧдаги кечиктирилган дисквалификацияси ҳақида 0 14:43UFC чемпиони Том Аспиналл Рожер Федерер билан учрашди + ФОТО 0 14:03Боксчиларимизнинг Осиё чемпионатидаги юриши бошланди 0 13:38Деонтей Уайлдер жамоаси Усик билан жангни инкор қилмади 0 13:10Яна бир мураббий ЖЧдан сўнг истеъфога чиқди 0 12:38Нодиржон Мирзаҳмедов ва бошқалар. Тошкентдаги "AAA Promouter" турниридан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 11:56Макгрегор - Холлоуэй жангини суғурталайдиган спортчи айтилди 0 11:32Мейвезер амалдаги энг яхши беш боксчини санаб берди 0

14 iyu 15:03
Yangiliklar

Futbol

JCH saralash bosqichi. O'zbekiston ikkinchi raundni safarda boshlab safarda tugatadi

Teglar :  Futbol
Bundan buyon jahon chempionati saralash bahslari haqida ko'proq fikr yuritamiz.

CHunki sentyabr kelishiga ham oz qolyapti va aynan shu oyning 5-sanasidan boshlab Osiyo mintaqasida JCH-2022 saralash bosqichi ikkinchi raundiga start beriladi. 

Ikkinchi bosqich haqida qisqacha to'xtalsak. Navbatdagi bosqichda jami 40ta jamoa qatnashadi, jamoalar beshtadan 8ta guruhga bo'linadi. Jamoalarni bo'lish FIFA reytingidan kelib chiqib taqsimlanadi. Hozirgi reytingiga ko'ra, savatchalarga bo'lib chiqish quyidagicha ko'rinish olgan: 

1-savatcha (#1): Eron, Yaponiya, Janubiy Koreya, Avstraliya, Qatar, BAA, Saudiya Arabistoni, Xitoy.

2-savatcha (#2): Iroq, O'zbekiston, Suriya, Livan, Ummon, Qirg'iziston, Vetnam, Iordaniya.

3-savatcha (#3): Falastin, Hindiston, Bahrayn, Tailand, Tojikiston, KXDR, Xitoy Taypei, Filippin.

4-savatcha (#4): Turkmaniston, Myanma, Gonkong, Yaman, Afg'oniston, Maldiv, Quvayt, Malayziya.

5-savatcha (#5): Indoneziya, Singapur, Nepal, Bangladesh, Mo'g'uliston, Guam, Kambodja, SHri-Lanka yoki Makao. 

Lekin hali reytingda kichik o'zgarishlar bo'lishi mumkin. Malumki, ikkinchi raund saralash o'yinlariga 17 iyul kuni qura tashlanadi. O'zbekiston terma jamoasining 2-savatchada bo'lishi aniq. Bunga ko'ra biz guruhda #2 raqamli jamoa bo'lamiz. Har bir guruhda beshtadan jamoa bo'lganidan keyin, uchrashuvlar 10 turdan iborat bo'ladi.  

Bunda har bir jamoa to'rtta uyda va to'rtta safarda, jami 8tadan o'yin o'tkazadi. Har bir guruhda jamoalar soni toq bo'lgani uchun navbati bilan ikkita turda dam olishadi. Bu degani O'zbekiston milliy terma jamoasi 10 sentyabr va kelasi yilning 26 martida rasmiy uchrashuv o'tkazmaydi. 

Yana shunisi aniqki, biz ikkinchi raundni safarda boshlab safarda tugatamiz. Dastlab 5 sentyabr kuni 3-savatchadan o'rin egallaydigan jamoa mehmoni bo'lamiz. Va oxirgi tur kelasi yilning 9 iyunida 1-savatchadagi kuchli jamoa maydoniga safar uyushtiramiz. Ko'rinib turibdiki, taqvim bizga oson kelmaydi, biroq imkoniyat hammada bir xil. 

Ikkinchi raund yakuniga ko'ra, 12ta jamoa uchinchi bosqichga yo'l oladi. Bunda 8ta guruh g'oliblari hamda eng yaxshi ko'rsatkich qayd etgan  4ta  ikkinchi o'rin egalari navbatdagi raundda o'ynash huquqini qo'lga kiritishadi. Quyida ikkinchi raund taqvimi sxemasini keltirib o'tamiz. 


1-tur. 5 sentyabr, 2019 

#3 - O'zbekiston


2-tur. 10 sentyabr, 2019

O'zbekiston dam oladi 


3-tur. 10 oktyabr, 2019

O'zbekiston - #4


4-tur. 15 oktyabr, 2019

#5 - O'zbekiston


5-tur. 14 noyabr, 2019 

O'zbekiston - #1


6-tur. 19 noyabr, 2019

O'zbekiston - #3

 

7-tur. 26 mart, 2020

O'zbekiston dam oladi


8-tur. 31 mart, 2020 

#4 - O'zbekiston 


9-tur. 4 iyun, 2020 

O'zbekiston - #5


10-tur. 9 iyun, 2020 

#1 - O'zbekiston

Milliy terma jamoamizga omad yor bo'lsin! 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing