03 dek 21:12
Yangiliklar
Futbol

JCH saralashdagi raqibimiz Ko'rfaz Kubogi yarim finalida o'ynaydi
Qatarda bo'lib o'tayotgan Ko'rfaz Kubogi musobaqasida guruh bahslari o'z yakuniga etdi.
"A" guruhidan Iroq va Qatar, "B" guruhidan Saudiya Arabistoni bilan Bahrayn yarim finalga olishdi. Kecha o'tkazilgan guruhning oxirgi o'yinida jahon chempionati saralash bosqichidagi raqibimiz Saudiya Arabistoni Ummonni 3:1 hisobida mag'lub etdi.
Xattan Sultan Baxebrining dubli va Firas Al Buraykan tomonidan kiritilgan gol saudiyaliklarga yarim final eshigini ochdi. 5 dekabr kuni bo'lib o'tadigan 1/2 final juftliklari quyidagicha ko'rinish oldi:
Iroq - Bahrayn
Saudiya Arabistoni - Qatar
Havola :
Fikrlar