17 dek 07:01
Yangiliklar

"Jenoa" "Milan"dan ochko tortib oldi, SHomurodov 85 daqiqa o'ynadi
Genuyaliklar g'alabaga juda yaqin edilar. Lekin 83-daqiqada Kalulu tomonidan kiritilgan gol "Milan"ni mag'lubiyatdan qutqarib qolish barobarida uchrashuvning durang bilan yakunlanishini taminladi. Hamyurtimiz Eldor SHomurodov ushbu bahsda 85 daqiqa maydonda harakat qildi.
Jenoa – Milan 2:2
Gollar: Destro (47, 1:0), Kalabriya (53, 1:1), Destro (60, 2:1), Kalulu (83, 2:2).
"Jenoa" – Perin, Gilone, Bani, Masello, Pellegrini (CHiborra, 46), Sturaro (Bexrami, 76), Lerager, Pyaca (Melegoni, 69), Goldaniga, Destro (Skamakka, 76), SHomurodov (Radovanovich, 85).
"Milan" – Donnarumma, Kalulu, Kalabriya, Diogu Dalot, Romanoli, CHalxanoglu, Tonali (Braim Dias, 77), Kastilexo (Salemakers, 53), Kessie, Rebich (Xeuge, 53), Rafael Leau.
Ogohlantirishlar: Pellegrini (18), Romanoli (25), Kastilexo (54).
Fikrlar