02 mar 11:41
Yangiliklar
Jeparov va uning jamoasi Tehron derbisida peshqadamni mag'lub etdi
“Persepolis” taqibchilaridan katta farq bilan o'zib ketgandi. 24 ta uchrashuvda ular faqatgina 1 marta mag'lubiyat alamini totib ko'rdi. Jamoaning haqiqiy kuchi “Nasaf”ga qarshi o'yinda ham ko'rindi. Tehron derbisining birinchisida “Persepolis” 1:0 hisobida zafar quchgandi va nominal mezbonlar penaltidan gol urgandi. O'shanda germaniyalik mutaxassis SHefer Serverni 86-daqiqaga kelibgina maydonga tushirgandi.
Bu safar Jeparov uchrashuvni boshlang'ich tarkibda o'tkazdi va 80 daqiqa to'p surdi. Avvalroq Tehron derbisini Eron futbolining 100 yillik tantanalarida ishtirok etayotgan FIFA prezidenti Janni Infantino ham stadiondan ko'rishi borasida xabarlar chiqqandi. Mana shu o'yinda “Istiqlol” birinchi davradagi mag'lubiyat alamini oldi.
“Istiqlol” ketma-ket 4 ta jiddiy o'yinda ishtirok etdi. Turnir jadvalida kuchli uchlikni yakunlab turgan klubni 6 mart kuni yana bir jiddiy sinov kutib turibdi. SHu kuni tehronliklar safarda Umar Abdulrahmon, Ahmad Halil kabi futbolchilari bor bo'lgan “Al-Ayn”ga qarshi saf tortadi.
Fikrlar