12 avg 07:40
Yangiliklar
Futbol
Jeparovning yagona goli "Istiqlol"ga g'alaba keltirdi
Eron chempionatining 3-turida hamyurtimiz Server Jeparov to'p tepadigan "Istiqlol" o'z uyida "Traktor Sozi"ni qabul qildi.
"Istiqlol" - "Traktor Sozi" o'rtasidagi uchrashuvning taqdirini Server Jeparov kiritgan yagona gol hal etdi. O'yinning 42-daqiqasida Jeparov "Traktor Sozi" darvozasini ishg'ol qildi va "Istiqlol"ga muhim g'alabani keltirdi.
Terma jamoamiz yarim himoyachisi kiritgan gol "Istiqlol"ning yangi mavsumdagi ilk goli va birinchi g'alabasiga zamin yaratdi. Jamoa 3-turdan keyin 4 ochko jamg'argan holda 8-o'rinda bormoqda.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar