24 iyu 08:45
Yangiliklar
Futbol
Jeymi Vardi “Lester” bilan shartnomasini uzaytirdi
Angliya chempionati to'purari Jeymi Vardi “Lester” klubi bilan shartnomasini uzaytirdi. Bu xabarni 29 yoshli ingliz futbolchisining o'zi oshkor qildi.
Avvalroq, Britaniya matbuotida Vardining yaqin kunlarda “Arsenal” klubi bilan shartnoma imzolashi haqida gap-so'zlar tarqalgandi. Kecha “Lester” klubi rahbariyati Angliya terma jamoasi hujumchisi bilan 4 yillik shartnomaga imzo chekdi.
Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsum Jeymi Vardi Angliya Premer-ligasida 36ta uchrashuvda maydonga tushib, 24ta gol kiritgan va 8ta golga assistentlik qilgan edi.
Havola :
Fikrlar