26 fev 14:22
Yangiliklar
Futbol
Jeymi Vardi: Ranerining ketishida men aybdor emasman
Lester hujumchisi Jeymi Vardi jamoa azolari Klaudio Ranerining istefosini talab qilib rahbariyat bilan uchrashganini rad qildi.
Men hamisha Ranerini hurmat qilganman. Birgalikda erishgan yutug'imiz shunchaki g'aroyib. Ko'pchilik menga ishonmaganida aynan Klaudio menga ishonch bildirdi.
Uning ishdan ketishida mening aybim borligi aytilmoqda, ammo bu yolg'on. Bunga sabab bitta edi - yomon natijalar, buni hamma tushunib turibdi. Vaziyatni o'nglash uchun borimizni beramiz. Klaudioga kelajakda faqat omad tilayman. Barchasi uchun katta rahmat, – deb yozadi Vardi Instagramdagi sahifasida.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar