So’nggi yangiliklar

16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0 10:41Махачев Доғистон ҳақидаги ҳазил билан Волкановскининг янги соч турмагига муносабат билдирди (ФОТО) 0 10:10Исломбек Исмоилов: "Биз фақат Роналдуга эмас, балки бутун "Ал Насср" жамоасига қарши ўйнаймиз" 0 09:39"Бу ҳали бошланиши". Музаффарбек Тўрабоев Жаҳон чемпионатида қўлга киритилган медалига муносабат билдирди 0

16 fev 06:37
Yangiliklar

Boshqalar

Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig'ining maxsus kanali ishga tushdi

Toshkent viloyat Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig'i Komiljon Adilov viloyatdagi jismoniy tarbiya va sport yo'nalishi bo'yicha aholining fikr-mulohazalari bilan o'rtoqlashish, ularni shu soha borasida qiynayotgan muammolarini o'rganib borish maqsadida telegram kanalini tashkil qildi.

Bu haqda Toshkent viloyati Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi xabar bermoqda. Endilikda viloyatning barcha tuman va shahar jismoniy tarbiya va sport bo'limlari, bolalar-o'smirlar sport maktablari, sport federaciyalari, talim muassasalari va boshqa tashkilotlar yaratilgan ushbu ijtimoiy tarmoq orqali jismoniy tarbiya va sport jarayonlarini kuzatib boradi va o'z muammolarini bevosita bildirib o'tish imkoniyatiga ega bo'lishadi.  

Bunday qulaylik aholini, ayniqsa, sportga dahldor insonlarni mushkulini oson qilishda, jismoniy tarbiya va sportni keng ommalashishida xizmat qilishi bor gap.

- Keyingi yillarda O'zbek sportida yuksalish davri boshlanganini qo'lga kiritilayotgan muvaffaqiyatlardan ham sezish mumkin. Ammo biz yutuqlar bilan cheklanib qolmasdan, viloyatimiz bo'ylab sportni yanada ommalashtirishimiz va xalqaro sport maydonlarida yurtimiz sharafini munosib himoya qiladigan  iqtidorlarni tayyorlashimiz, zaxirasini boyitishimiz zarur, - deydi Toshkent viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig'i K.Adilov. - Rejamizga muvofiq, viloyatimizdagi har bir tuman va shaharning eng chekka hududlarigacha sport orqali kirib boramiz. Sportning rivoji uchun endilikda aholi bilan doim muloqotda bo'lib, yo'l qo'yilayotgan xato va kamchiliklarni o'z vaqtida bartaraf etish, tizimda korrupciyaga yo'l qo'ymaslik singari qator masalalar yuzasidan telegram kanalini ishga tushirdik. Viloyatimizda sportning yuksalishi borasidagi fikr-mulohazalar, taklif va etirozlari bilan ushbu telegram kanal orqali shaxsan o'zimga bayon qilishlari mumkin bo'ladi. Bir narsani hech qachon unutmasligimiz lozim - bu Yurt barchamizniki va uning rivoji yo'lida barchamiz birdek masulmiz!

Toshkent viloyat Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig'i Komiljon Adilov 

rasmiy kanali : https://t.me/toshkentvilsport_murojat

Ilhom RAHMONOV tayyorladi   

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing