So’nggi yangiliklar

11:22Музаффарбек Тўрабоев янги вазн тоифасида татамига чиқади 0 11:01Машарипов "Пахтакор"га қарши ўйин олдидан: "Бу жамоада катта бўлганман, аммо..." 0 10:40Италия терма жамоаси Дэвис Кубоги-2024 ғолиби! 0 10:19Исраэль Адесанья фаолиятини якунлаш ҳақида ўйламоқда 0 09:58Prezident Kubogi. Нодирбек илк бор очко йўқотди, Синдаров дербида пешқадам билан дуранг ўйнади 0 09:37"Реал" меҳмонда "Леганес"ни йирик ҳисобда мағлуб этди + ВИДЕО 0 09:16Макгрегор зўрлашда айбдор деб топилганига изоҳ берди 0 08:55Фаолиятини АҚШда давом эттириши айтилган Муҳиддин Мамажонов Тошкентда жанг қиладиган бўлди 0 08:34UFC Макао турнири иштирокчилари қанча гонорар ишлаб олгани маълум бўлди 0 08:13Элит ОЧЛ. Бугун "Пахтакор" Дубайда Машарипов жамоасига қарши майдонга тушади 0 07:52Исроил Мадримовнинг вазнига яна бир юлдуз келмоқда 0 07:31Энди Маррей Australian Open якунига қадар Новак Жоковичга устозлик қилади 0 19:23Белбоғли курашни янада ривожлантириш йўлида меморандум имзоланди 0 19:02"Барселона" ва "Ливерпуль" бир ўйинчи учун курашади 0 18:41UFC 310 турнирининг тўлиқ карди маълум қилинди 0

29 jan 16:30
Yangiliklar

Boshqalar

Jismoniy tarbiya va sport ilmining fidoyisi

Tarixdan malumki, kishilik jamiyati shakllangach, katta avlod hayotda orttirilgan tajribalarini keyingi avlodga o'rgatish ehtiyoji tug'ilgan.

Tabiat va jamiyat hodisa va qonuniyatlarini ilm, fan asosida o'rganadigan insonlarni olimlar deb etirof etilgan. Insonlar tafakkurida ilm, talim va tarbiya qonuniyatlarini tafakkur qilish hamda o'zlashtirish tufayligina hayotini davom ettira oladi va rivojlantiradi.  

Buyuk mutafakkir Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy ilm-fan va olimlar to'g'risida “Aljabr va almuqobala hisobi haqida qisqacha kitob” asarida: “...Olimlardan biri o'zidan avvalgilar qilgan ishlarni amalga oshirishda boshqalardan o'zib ketadi va uni o'zidan keyin keluvchilarga meros qilib qoldiradi. Boshqasi o'zidan avvalgilarning asarlarini sharhlaydi va bu bilan qiyinchiliklarni osonlashtiradi, yopiqni ochadi, yo'lni yoritadi va uni tushunarliroq qiladi. Yoki bu ayrim kitoblarda nuqsonlar topadigan va sochilib yotganni to'playdigan odam bo'lib, u o'zidan avvalgilar haqida yaxshi fikrda bo'ladi, takabburlik qilmaydi va o'zi qilgan ishidan mag'rurlanmaydi...”, deb tarif bergan.

Qutlug' 80 yoshini nishonlayotgan pedagogika fanlari doktori, professor Rahmatilla Salomov yurtimizda sport talimi, jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati rivojiga ilmiy, nazariy va amaliy jihatdan ulkan hissa qo'shib kelmoqda.

Ustoz tabiatan kamtar, mehnatsevar, bilimdon va o'z kasbining chinakam jonkuyari bo'lib, “Inson o'z umrini bosib o'tgan yillari bilan emas, balki  xalqiga, jamiyat uchun ozmi-ko'pmi qilgan ibratli xizmatlari orqali taniladi”, degan iborani shogirdlariga takidlashni kanda qilmaydi. 

Rahmatilla Salomov 1942 yil 30 yanvarda Samarqand viloyati Nurota tumanida tug'ildi. 1968 yilda O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya institutini imtiyozli diplom bilan tugatib, shu institutda avval o'qituvchi, keyin katta o'qituvchi bo'lib ishladi. 

1971-1974 yillari Moskvada aspiranturada tahsil olib, “4-sinf o'quvchilarida tezkorlikni tarbiyalashda o'yin metodidan foydalanish” mavzusida nomzodlik dissertaciyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. 

1975-1992 yillarda O'zDJTIda avval docent, keyin kafedra mudiri va dekan o'rinbosari, 1993-1999 yillari O'zbekiston Respublikasi Xalq talimi vazirligining Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig'i, 1999 yildan 2005 yilga qadar jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati kafedrasi mudiri va ayni paytda shu kafedraning professori lavozimida faoliyat olib bormoqda. 

Ustoz 2003 yilda “Jismoniy tarbiya va sport bo'yicha mutaxassislarni tayyorlashda o'quv-tarbiya jarayonini optimallashtirish” mavzusida doktorlik dissertaciyasini himoya qildi.

Rahmatilla Salomovning jismoniy tarbiya nazariyasi va jismoniy madaniyat umumiy nazariyasi bo'yicha tadqiqotlari O'zbekiston Respublikasida zamonaviy jismoniy tarbiya tizimini yaratish, yuqori malakali sportchi va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashga sezilarli tasir ko'rsatdi.

Olim, amaliyotchi, tadqiqotchi, tashkilotchilik vazifalarini sidqidildan amalga oshirgan ustozning ilmiy rahbarligi ostida jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi, sport nazariyasi, jismoniy madaniyatning umumiy nazariyasi va metodikasi bo'yicha 11 nafar fan nomzodi (jumladan, R.Matkarimov, A.Nurullaev, A.Sodiqov, B.Boybabaev, O.Goncharova, B.Madaminov, YO.Danieva, D.Rahmatova, M.Mirjamalov, M.Daurbaeva, YU.Aripov) tayyorlandi. Yana 2 nafar shogirdi (R.Matkarimov va O.Goncharova) doktorlik dissertaciyalarini himoya qilish arafasida turibdi. Rahmatilla aka, shuningdek, sport pedagogikasi bo'yicha 50 dan ortiq magistrlik dissertaciyalariga ilmiy rahbarlik qildi. 

Ustoz 3 nafar farzand: Abduvohid, Gulbahor, Akmalning otasi hamda 4 nafar nabiraning bobosi. Farzandlari davlat idoralarida turli rahbarlik lavozimlarida ishlab kelmoqda.

Rahmatilla Salomov 560 dan ortiq ilmiy-uslubiy nashrlar muallifi sanaladi. Masalan, 2005 yilda nashr etilgan “Sport mashg'ulotining nazariy asoslari” o'quv qo'llanmasi, 2007 yilda BO'SMlar uchun “Engil atletika” (hammuallif YU.Aripov) o'quv qo'llanmasi, 2014 yilda chop etilgan “Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati” darsligi, shogirdlari YU.Aripov, U.Utenov bilan birgalikda kollejlar uchun “Maktab yoshidagi bolalar jismoniy tarbiyasi uslubiy asoslari” o'quv qo'llanmalari shular jumlasidandir.

Ustozlar ijtimoiy hayot jarayonida, jamiyat azolaridan yoshlarning barkamol bo'lib shakllanishiga ijobiy tasir ko'rsatgani uchun ham ularning shaxsiy sifatlari kasbiy fazilatlaridan muhimroq hisoblanadi va manaviy tafakkurini shogirdlarga singdirishi ezgu insoniy sifatlarga to'yingan bo'ladi. 

Rahmatilla Salomov jismoniy tarbiyaga oid ilmiy anjumanlar: xalqaro kongress va simpoziumlar, respublika ilmiy-metodik yig'ilish va seminarlarida muntazam ravishda ajoyib maruzalari bilan qatnashib kelmoqda.  

“Mehnat faxriysi” medali, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining diplomi, “O'zbekiston Respublikasi xalq talimi alochisi” ko'krak nishoni bilan taqdirlangan, qilichbozlik bo'yicha milliy toifadagi hakam sifatida etirof etilgan ustozning tashvish va quvonchlari respublikamiz sportchilarining yutuq va hayajonlari bilan hamohangdir. Fidoyilik har kimga ham nasib etavermaydi, Rahmatilla Salomovni muborak yoshlari bilan qutlab, ijodiy barkamollik, oila azolariga sihat-salomatlik,  tinchlik-xotirjamlik tilab qolamiz. 

Yunus ARIPOV,
O'ZDJTSU talim sifatini nazorat qilish bo'limi boshlig'i,
pedagogika fanlari nomzodi, professor v.b.

Akram AKMALOV,
JTvaSMQTMOI professori v.b.,
pedagogika fanlari nomzodi,
O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan xalq talimi xodimi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing