So’nggi yangiliklar

18:26ЕЧЛнинг олти карра ғолиби Тошкентга келмади 0 17:55Сакен Бибосинов оғир жароҳат сабаб шифохонага ётқизилди 0 17:24Тошкентда илк бор стол тенниси бўйича Осиё чемпионати ўтказилади 0 16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0

07 apr 16:16
Yangiliklar

Boshqalar

Jismoniy tarbiya va sport sohasida Qozog'iston bilan hamkorlik yanada kuchayadi

5 mart kuni Jismoniy tarbiya va sport vazirligiga Qozog'iston madaniyat va sport ishlari vaziri Aristanbek Muxameduli va Qozog'istonning O'zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Darxan Satibaldi tashrif buyurdi.

Yurtimizga Xalqaro baxshichilik sanati festivalida ishtirok etish uchun kelgan Aristanbek Muxameduli boshchiligidagi delegaciyani Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiev qabul qildi.

Uchrashuvda tomonlar jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, nufuzli musobaqalarga sportchilarni tayyorlash, yirik sport tadbirlarini o'tkazish kabi yo'nalishlardagi aloqalarini yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Do'stona ruhda, samimiy o'tgan tadbirda vazirlar tomonlarning mazkur yo'nalishlardagi yutuq va muammolar haqida suhbatlashib, o'zaro tajriba almashdilar.

Xususan, Dilmurod Nabiev Prezidentimiz tomonidan yurtimizda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirishga alohida etibor qaratilayotgani takidlab, ayniqsa qishki sport turlari bo'yicha Qozog'istonning ilg'or tajribalarini o'rganish rejalashtirilayotganini malum qildi.

O'z navbatida Qozog'iston madaniyat va sport ishlari vaziri Aristanbek Muxameduli ham ikki davlat o'rtasida jismoniy tarbiya va sport sohasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish lozimligini, yaqinda qurib foydalanishga topshirilgan “Humo Arena” muz saroyi ham qishki sport turlari rivoji yo'lida qo'yilgan dadil qadam bo'lganini takidlab, bundan buyon hamkorlikda yirik musobaqalar o'tkazish orqali sport turizmini yanada rivojlantirishni taklif etdi.

Yakunda tomonlar hamkorlikda o'quv-mashg'ulot yig'inlari, musobaqalar hamda ikki davlat fuqarolari ishtirokida yirik sport tadbirlarini muntazam tashkil etishga kelishib olishdi hamda bir-birlariga esdalik sovg'alari topshirishdi.

 

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing